Bugun
6
O'zbek

Mak Allister: "Men Messiga havas qilaman"

Futbol
22 iyun, 03:15
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Leodan nimalarni o‘rganyotgani haqida gapirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mak Allister: "Men Messiga havas qilaman"
Foto: Getty Images

"Liverpul" va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allister jamoa sardori Lionel Messidan nimalarni o‘rganyotgani haqida gapirdi.

"Leo bilan birga bo‘lish menga juda yoqadi, unga o‘xshash boshqa futbolchi yo‘q. Uni yaqindan kuzatish — butunlay boshqacha his.

U qilayotgan ishlar — g‘ayrioddiy. Men esa shundan foydalanaman, u bizning g‘alaba qozonishimizda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, men unga havas qilaman.

Undan nimadir o‘rganish juda qiyin, chunki aqlingda buni tasavvur qilasan, ammo xuddi shunday qilish hech qachon qo‘lingdan kelmaydi. Men undan qadriyatlar va kamtarlikni o‘rganyapman, chunki bu uning shaxsiyatiga xos fazilatlardir", — dedi Mak Allister.

Avvalroq Aleksis ayni vaqtdagi dunyoning eng kuchli jamoasi nomini aytib o‘tgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar