AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Mauricio Pochettino Argentina hujumchisi Lionel Messiga qo'llab-quvvatlov bildirdi.
38 yoshli hujumchi 2026 yildagi JCh doirasida Jazoirga (3:0) qarshi o'yinda het-trik qayd etgandi.
Keyinchalik futbolchining otasi sog'ligi bilan bog'liq muammolar haqida xabarlar tarqaldi va Leoning oilasi buni tasdiqladi: «Xorxe shifokorlar nazoratida, ahvoli yaxshilanmoqda. Shaxsiy masalaga nisbatan hurmat yo'qligi bizni hafa qildi».
«Men Lionelga to'liq qo'llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman, chunki u qiyin oilaviy vaziyatni boshdan kechirmoqda. Uni va oilasini "PSJ"dagi faoliyatim orqali bilaman. Uning oilasiga eng yaxshi tilaklarimni yo'llayman.
Men argentinalikman va ularning Jazoirga qarshi o'yini menga juda yoqdi. Lekin men AQSH milliy jamoasi uchun borimni beraman...
Messini ta'riflash qiyin. U 6 ta jahon chempionatida qatnashgan. Faoliyati davomida turli klublarda erishgan barcha yutuqlari... U — eng yaxshisi. Uning het-trigini ko'rish juda yoqimli bo'ldi.
Argentina — ajoyib jamoa. Ular bir necha yil avval Jahon chempionatida g'olib bo'lishgan. Ko'p futbolchilar Qatardagi turnir chempionlari.
Murabbiy Lionel Skaloni — ushbu Jahon chempionatida eng yaxshilardan biri, uning shtabi bilan yaxshi tanishman. Muxlislar esa haqiqatan ham ajoyib.
Tort ustidagi olcha — Messi. Bunday kombinatsiyaga qarshi o'ynash juda qiyin», — deydi Pochettino.
Pochettino — Argentina milliy jamoasi, Messi va Skaloni haqida
Futbol
19 iyun, 12:40
AQSH bosh murabbiyi JChning amaldagi chempioni va uning yetakchisi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images