Bugun
6
O'zbek

Mak Allister ayni vaqtdagi dunyoning eng kuchli jamoasi nomini aytdi

Futbol
30 iyun, 07:03
Argentinalik futbolchi Parij klubining imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Mak Allister ayni vaqtdagi dunyoning eng kuchli jamoasi nomini aytdi
Фото: Getty Images

«Liverpul» va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterning fikricha, «PSJ» ayni paytda dunyodagi eng yaxshi jamoa hisoblanadi.

«Tan olish kerak, «PSJ» bugungi kunda dunyoning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi. Klubda hamma narsa bor: juda intizomli, yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, barcha futbolchilar oxirigacha harakat qiladi. Shaxsan men uchun ular eng yaxshisi», — deya Mak Allisterning so‘zlaridan keltiradi RMS Sport.

Avvalroq «PSJ» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida «Inter Mayami»ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Bugungi yangiliklar