Avstriya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik hozirgi Argentina jamoasida zaif tomonlar yo'qligini ta'kidladi.
«Keling, argentinaliklarning zaif tomonlari haqida gaplashaylik. Ularda bu narsa yo'q. Kamida biz ularni ko'rmadik.
Kuchli jihatlariga kelsak, bu juda yuqori darajadagi jamoa. Ular ikki yoki uch xil uslubda o'ynay oladi.
Tayyorgarlik jarayonida odatdagidek o'z taktikamizga tayandik. Raqibni har doimgidek tahlil qildik. To'p bilan, to'psiz va standart holatlarda nima qilishimiz kerakligini muhokama qildik. Jamoaga ularni qanday mag'lub etish mumkinligini tushuntirishga urindik.
Biz taktik jihatdan juda kuchli bo'lishimiz va shu bilan birga mardonavor o'ynashimiz kerak. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim. Balki men jamoa bilan ishlayotgan davrimdagi eng yaxshi o'yinimiz bo'lishi ham mumkin», — dedi Rangnik.
Bugun, 22 iyun kuni jamoalar jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida o'zaro to'qnash keladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.