Bugun
6
O'zbek

Saloḥ: «Shu ruhda davom etib, tarixga kirish va pley-offga chiqishimizga umid qilaman»

Futbol
22 iyun, 01:30
Misr sardori Yangi Zelandiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Saloḥ: «Shu ruhda davom etib, tarixga kirish va pley-offga chiqishimizga umid qilaman»
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya 1 : 3 Misr Misr

Misr milliy jamoasi sardori Muhammad Saloḥ Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin (3:1)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Qayd etish lozim, ushbu natija Misr tarixida mundiallarda qayd etilgan ilk g'alabaga aylandi.

«Bu — ishonib bo'lmas holat. Buni qanday so'z bilan ifoda qilishni ham bilmayman. Bu barcha futbolchilar va jamoa shtabi uchun ulkan yutuq.

Shu ruhda davom etib, tarixga kirish va pley-offga chiqishimizga umid qilaman. Yillar o'tib, bu natija Misr futboli tarixidagi eng yaxshi yutuqlardan biri sifatida esga olinadi.

Bugundan zavq olishimiz kerak, ertadan ham zavq olishimiz kerak. Undan keyin esa navbatdagi Eronga qarshi bahsga e'tibor qaratish lozim», — dedi Saloḥ.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar