Bugun
6
O'zbek

Yamal: "Kelajakda o'zimni vinger rolida emas, 'o'nlik' pozitsiyasida ko'ryapman"

Futbol
21 iyun, 18:35
"Barselona" klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri kelajakda qanotda o'ynamasligi sababini aytdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Yamal: "Kelajakda o'zimni vinger rolida emas, 'o'nlik' pozitsiyasida ko'ryapman"
Foto: Getty Images

"Barselona" klubi hamda Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal kelajakdagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

18 yoshli futbolchi vaqt o'tishi bilan maydon markazida harakat qilishni rejalashtirayotganini aytdi, chunki qanotda raqiblar tomonidan uni nazorat qilish osonroq.

“Messini ham uch nafar futbolchi qo'riqlardi. Sizni uch kishi bir vaqtning o'zida bosim ostiga ololmaydigan yagona hudud — bu markaz. Vaqt o'tishi bilan hujum ortida — "o'nlik” pozitsiyasida o'ynayman, chunki qanotda menga qarshi himoyalanish juda oson", — deya Yamalning so'zlarini keltiradi El Pais.

Lamin 2025/2026 yilgi mavsumda "Barselona"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. U barcha musobaqalarda 24 ta gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar