Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Ferran Torresning bobosi nevarasi oʻyini haqida fikr bildirib, uni qaysi klubda koʻrishni istashini aytdi.
«Menga Ferranning «Barselona»da oʻynayotgani yoqmaydi. Uni «Levante»da koʻrishni xohlardim. Bu juda ham aniq», — dedi Ferranning bobosi soʻzlarini keltiradi Sport.es.
26 yoshli hujumchi 2026 yildagi Jahon chempionatining dastlabki ikki bahsida gol ura olmadi. U 1-turda Kabo-Verdega (0:0) qarshi bahsda ikki marta toʻp kiritish imkoniyatini qoʻldan chiqardi. Saudiya Arabistoni (4:0) bilan 2-tur oʻyinida esa Torresning oʻyin oxiridagi goli ofsayd sababli bekor qilindi.
Ferranning bobosi: «Uning «Barselona»da oʻynayotgani yoqmaydi»
Futbol
21 iyun, 19:55
Hujumchining bobosi nabirasini qaysi jamoada koʻrmoqchiligini ham aytdi.
Foto: Getty Images