«Real»ning sobiq vingeri Garet Beyl «qaymoqranglilar»ga qanday murabbiy kerakligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Avvalroq Madrid klubi Joze Mourinion bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qilgandi.
«Joze ham Karlo Anchelotti kabi katta tajribaga ega murabbiy. U kiyinish honasidagi muhitni tinchlantirib, barchani bir maqsad atrofida birlashtira oladi, deb umid qilaman.
Karlo insonlar bilan ishlashni juda yaxshi biladi. U psixologiyani va katta bosim ostida ishlashni tushunadi. U futbolchilar bilan shunday munosabat o'rnatadiki, uning siz haqingizda qayg'urishini his qilasiz. Ba'zan futbolchi o'ynamaydi, ammo Karlo baribir uni jamoaga yaqin tutish va ruhlantirish yo'lini topadi. «Real» kabi katta klubda asosiy vazifa taktik mashg'ulot emas, balki yulduz futbolchilarning xarakteri va ambitsiyalarini boshqarishdir. Shuning uchun ham Karlo top-klublarda shunchalik muvaffaqiyat qozongan.
Mourinoda ham bu tajriba bor. U futbolchilardan eng yaxshi natijani olish uchun ularga bosim o'tkazadi. Har bir o'yinchini tushunishga va uning motivatsiyasini topishga harakat qiladi. Ba'zan bu OAV orqali bosim bo'lishi mumkin, ba'zan esa oddiy qo'llab-quvvatlash.
Joze avval ham Madridda ishlagan. U klub muhitini yaxshi biladi va tizim qanday ishlashini tushunadi. Shuning uchun u samara beradigan reja tuzishga harakat qiladi», — dedi Beyl The Athletic bilan intervyuda.
«Real»da murabbiyning asosiy vazifasi taktika bo'lmaydi» — Beyl Mourinioning muvaffaqiyatiga ishonmoqda
Futbol
21 iyun, 12:55
Madridliklar sobiq vingeri jamoaga qanday murabbiy kerakligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images