Live
1
O'zbek

«Inter» Norvegiya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda

Futbol
21 iyun, 13:39
Milan klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Inter» Norvegiya milliy jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Milaning «Inter» klubi «Jenoa» va Norvegiya milliy jamoasi himoyachisi Leo Estigor transferini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «neradzurrilar»ning norvegiyalik futbolchiga qiziqishi klub himoyachisi Stefan de Vrey bilan bog‘liq vaziyat sabab yuzaga kelgan. Tajribali niderlandiyalik futbolchi yozda shartnomasini uzaytirmasligi va jamoani tark etishi mumkin.

Shu sababli «Inter» markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda va Estigor ulardan biri hisoblanadi.

25 yoshli himoyachi faoliyati davomida «Hoffenhaym», «Renn», «Napoli» hamda boshqa klublarda to‘p surgan.

Qizig‘i, Estigor avval ham «Jenoa» safida o‘ynagan. U 2022 yilda ijara asosida ushbu klub sharafini himoya qilgan, 2025 yil yozida yana ijara asosida qaytgan va 2026 yil yanvar oyida genuyaliklar bilan to‘liq shartnoma imzolagan.

Norvegiya jamoasi a’zosi jismoniy kuchi, havo duellaridagi ustunligi va himoyadagi ishonchli o‘yini bilan ajralib turadi. Shu sababli u «Inter»ning yozgi transferlar ro‘yxatidan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar