"Inter" klubi bosh murabbiy Kristian Kivu bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirganini e'lon qildi.
45 yoshli mutaxassisning avvalgi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangandi.
Qayd etilishicha, yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Unga ko'ra, ruminiyalik murabbiyning maoshi yiliga 4 mln yevroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Kivu 2025 yilning iyun oyida "Inter" bosh murabbiyi etib tayinlangan. Uning qo'l ostida milanliklar jamoasi Italiya chempioniga aylandi va mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi. Kivu "Inter"da ish boshlashidan oldin "Parma"ni boshqargandi.