Live
1
O'zbek

“Inter” “Latsio” darvozaboni bilan kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
17 iyun, 13:45
Provedel Italiya chempioni safiga o‘tishga yaqin.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
“Inter” “Latsio” darvozaboni bilan kelishuvga erishdi (Romano)
Foto: Getty Images

“Inter” klubi “Latsio”dan darvozabon Ivan Provedelning transferini kelishib oldi.

Insayder Fabritsio Romano ma’lum qilishicha, bitim qiymati 3 million yevroni tashkil etadi.

32 yoshli posbon “Inter” bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Milan klubida u Joze Martinezning o‘rinbosari bo‘ladi.

Provedel o‘tgan mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 27 bor to‘p o‘tkazib yuborgan.

Ivan faoliyati davomida “Empoli”, “Spetsiya” va “Modena” kabi klublarda ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Lasio Lasio
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar