Germaniya milliy jamoasi darvozaboni Manuel Noyer 2026 yilgi jahon chempionati yakunidan so'ng xalqaro faoliyatini yakunlashini tasdiqladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
"Bu mening Germaniya safidagi so'nggi turnirim bo'ladi. Men ikki yildan keyingi Yevroda o'ynashni rejalashtirmayman. Lekin har bir o'yinni sabrsizlik bilan kutishni va hayrlashuv yoki ehtimoliy so'nggi o'yin haqida o'ylamaslikni xohlayman", — dedi Noyer.
Ma'lumot uchun, Germaniya milliy jamoasi 2-turda Kot-d’Ivuar (20 iyun) bilan, 3-turda esa Ekvadorga (25 iyun) qarshi o'ynaydi. Ular hozirda o'z guruhlarida peshqadamlik qilmoqda.