Live
1
O'zbek

«Real» Bastoni uchun 70 mln yevro to‘lashni istamayapti

Futbol
21 iyun, 13:56
Madrid klubi italiyalik himoyachiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, transfer narxi muammoga aylangan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Bastoni uchun 70 mln yevro to‘lashni istamayapti
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni transferiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Jurnalist Migel Serrano xabariga ko‘ra, 27 yoshli markaziy himoyachi «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyoga juda yoqadi. Biroq klub rahbariyati futbolchi uchun «Inter» talab qilayotgan 70 million yevroni to‘lash niyatida emas.

Manbaga ko‘ra, bunga sabab sifatida yaqinda amalga oshirilgan Mark Kukurelya transferiga sarflangan katta mablag‘ ko‘rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, Bastoniga Angliya Premyer-ligasining ikki klubidan takliflar mavjud. Shunga qaramay, italiyalik futbolchi avvalo «Real»dan rasmiy taklif kelishini kutmoqda.

O‘tgan mavsumda Bastoni «Inter» safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylandi.

Hozircha madridliklar transfer bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan, ammo Bastoni Joze Mourinyoning yozgi transferlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar