Bugun
6
O'zbek

Augusto: "Neymar Ronaldoga o'xshab yana qaytishi mumkin"

Futbol
22 iyun, 01:55
Braziliya sobiq yarimhimoyachisi Neymarning jarohatidan qutulib, yana yuqori formada qaytishiga ishonch bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Augusto: "Neymar Ronaldoga o'xshab yana qaytishi mumkin"
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Renato Augusto Neymarning jarohatidan qutulib, yana yuqori formada maydonga qaytishiga ishonch bildirdi.

U Neymarning 2026 yilgi jahon chempionatidagi holatini hatto eng og'ir jarohatlardan keyin ham qaytib, yana eng yaxshi futbolchilardan biriga aylangan Ronaldo bilan taqqosladi.

"Boshqalardan ajralib turadigan futbolchi qayta tirilishi mumkin. Biz buni Ronaldo va boshqalar misolida ko'rganmiz", — dedi Augusto Globo'ga bergan intervyusida.

Avvalroq Anchelotti Neymarning Shotlandiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishini aytib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar