Bu haqda X tarmog‘ida The Touchline sahifasi xabar berdi.
Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Neymarga C guruhi 3-turi doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o‘yinda (25 iyun) imkoniyat bermoqchi. Futbolchi maydonga qaytishga tayyorligi aytilmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Anchelotti Neymar jarohatlangan Rafinyaning o‘rnini bosa olishiga va maydondagi ushbu rolni o‘ziga olishiga ishonmoqda. Italiyalik mutaxassis 19 yoshli Rayan bu vazifalarga hali tayyor emas deb hisoblamoqda.
Avvalroq Anchelotti Neymar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytganini aytib o‘tgandi.