Live
1
O'zbek

Oyarsabal Ispaniya milliy jamoasi to'purarlari ro'yxatida 7-o'ringa ko'tarildi

Futbol
21 iyun, 13:35
29 yoshli hujumchi bu borada Butragenioni ortda qoldirib, Morientesga tenglashdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Oyarsabal Ispaniya milliy jamoasi to'purarlari ro'yxatida 7-o'ringa ko'tarildi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 4 : 0 Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni

Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal JCH-2026 2-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoniga (4:0, ikkinchi bo'lim) qarshi bahsda dubl va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

«Real Sosiedad» futbolchisi 10-daqiqada Lamin Yamalning goliga assistentlik qildi, 24 va 27-daqiqalarda esa Emerik Laport va hamda Dani Olmoning uzatmalarini golga aylantirdi.

Natijada 29 yoshli hujumchi Ispaniya safidagi gollarini 27 taga yetkazib, Emilio Butragenioni ortda qoldirdi va 7-o'rindagi Fernando Morientes bilan tenglashdi.

Bu borada «qizil furiya» rekordchisi David Vilya sanaladi – 59 gol. Oyarsabaldan avvalgi 6-o'rinni esa 29 gol bilan Fernando Yerro egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar