Bugun
6
O'zbek

Karlo Anchelotti jarohat olgan Rafinya haqida: «Nazarimda, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri»

Futbol
20 iyun, 12:08
Tajribali mutaxassis yarimhimoyachini qo‘llab-quvvatladi va «xotirjamlik, sabr va vazminlikka» chaqirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Karlo Anchelotti jarohat olgan Rafinya haqida: «Nazarimda, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri»
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdi Rafinyani qo‘llab-quvvatladi va uning mundialdagi o‘yiniga munosabat bildirishda «xotirjamlik, sabr va vazminlikka» chaqirdi.

«Rafinya hujumning istalgan nuqtasi o‘ynashi mumkin, sababi uning bosib o‘tgan yo‘li shuni isbotlamoqda. «Lids Yunayted»da Marselo Belsa qo‘l ostida u o‘ng qanotda harakat qilardi, «Barselona»da o‘ng qanotda boshlab, keyin chapga o‘tdi. Bu yerda ham u o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oladi, chunki u dunyonnig eng yaxshi futbolchilaridan biri», – deya Anchelotti so‘zlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan jahon chempionati-2026 19 iyulga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2-turdan keyin Braziliya C guruhida yetakchi bo‘lib turibdi. Guruh bosqichining so‘nggi turida jamoa Shotlandiyaga qarshi (25 iyun) maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar