Live
1
O'zbek

JCH-2026. Kabo-Verde bu safar Urugvaydan ochko olib, yana sensatsiya qayd etdi

Futbol
21 iyun, 20:12
Orolliklar futbolchisi Kevin Lenini jamoasining mundialdagi ilk golini urdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH-2026. Kabo-Verde bu safar Urugvaydan ochko olib, yana sensatsiya qayd etdi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay 2 : 2 Kabo-Verde Kabo-Verde

JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Urugvay va Kabo-Verde jamoalari o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mayamidagi «Hard Rock Stadium»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni 21-daqiqada Kabo-Verde yarimhimoyachisi Kevin Lenini ochdi.

Birinchi bo‘lim oxirlarida urugvayliklar vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Avval Maksimiliano Arauxo 44-daqiqada muvozanatni tikladi, keyin esa Agustin Kanobbio 45+6-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroq orolliklar taslim bo‘lishmadi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Elio Varela 61-daqiqada gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

Ikki turdan so‘ng Kabo-Verde sensatsion tarzda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. So‘nggi turda ular Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi, Urugvay esa Ispaniya bilan kuch sinashadi.

JCH-2026. 2-tur
Urugvay 2:2 Kabo-Verde

Gollar: Lenini 21' (0:1), Arauxo 44' (1:1), Kanobbio 45+6' (2:1), Varela 61' (2:2)

Urugvay: Muslera, Gilyermo Varela, Sebastyan Kaseres, Matias Olivera, Xuan Sanabriya, Rodrigo Bentankur, Manuel Ugarte (70' De la Krus), Agustin Kanobbio, Federiko Valverde, Maksimiliano Arauxo (81' Brayan Rodriges), Federiko Vinyas (70' Darvin Nunyes).
Kabo-Verde: Vozinya, Stiven Moreyra, Roberto Lopes, Diney Borjes, Sidni Kabral, Kevin Lenini (70' Laros Duarte), Rayan Mendesh, Telmu Arkanju (46' Deroy Duarte), Jamiru Monteyru (80' Yannik Semedu), Garri Rodriges (58' Elio Varela), Jilson Benshimol (58' Nunu Da Koshta).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar