Live
1
O'zbek

Beyl: «Futbol basketboldan ko'ra shaxmatga o'xshab qolmoqda. O'yinchilarda dribling kamayib ketmoqda»

Futbol
21 iyun, 17:30
«Real» sobiq vingeri futbol evolyutsiyasi haqida gapirib, uning zerikarli bo'lib ketayotganini tanqid qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Beyl: «Futbol basketboldan ko'ra shaxmatga o'xshab qolmoqda. O'yinchilarda dribling kamayib ketmoqda»
Foto: Getty Images

«Real»ning sobiq vingeri Garet Beyl futbol taktikasining evolyutsiyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Uelslik sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, hozirgi kunda yorqin va individual mahorati bilan ajralib turadigan o'yinchilar kam uchramoqda.

«So'nggi besh yil ichida bosh murabbiylar ancha muhim rol o'ynay boshladi va ular taktikaga ko'proq tayanadigan bo'ldi. Futbol endi bir darvozadan ikkinchisigacha bo'lgan shiddatli o'yinga o'xshamaydi. U basketboldan ko'ra ko'proq shaxmatga o'xshab qoldi, bu esa unchalik qiziq emas.

Futbolchilar raqibni aldab o'tishga kamroq harakat qilishyapti, driblingni ham tobora kamroq ko'ryapmiz. Balki murabbiylar ularga shunday qilmaslikni uqtirayapgandir, ammo baribir tomoshabinlarni hayratga sola oladigan futbolchilar bor — masalan, Mbappe, Yamal yoki Vinisius. Ammo, ehtimol, bunday o'yinchilarning kamligiga sabab futbolchilarga erkin o'ynash imkoni berilmayotganidir»,
— dedi Beyl The Athletic'ga bergan intervyusida.

Avvalroq Garet “Real”ga qanday murabbiy kerakligi haqida gapirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar