Live
1
O'zbek

Belgiya — Eron bahsiga 70 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha 2-tur rekordi hisoblanadi

Futbol
21 iyun, 17:24
Guruh bosqichi o‘yinini stadionda 70 317 nafar tomoshabin kuzatdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Belgiya — Eron bahsiga 70 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha 2-tur rekordi hisoblanadi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya 0 : 0 Eron Eron

JCH–2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Belgiya va Eron milliy jamoalari o‘rtasidagi bahsni 70 317 nafar muxlis stadiondan tomosha qildi. Bu tur bahslari orasidagi hozircha eng ko'p futbol ixlosmandlari tashrif buyurgan o'yin hisoblanadi.

AQSHning Inglvud shahridagi «SoFi Stadium»da o‘tgan bellashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bahsni argentinalik hakam Dario Errera boshqarib bordi.

Qayd etish joiz, o‘yin davomida Belgiya milliy jamoasi bir futbolchisini yo‘qotdi. N'goy 66-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu natijadan keyin Belgiya va Eron milliy jamoalari hisobidagi ochkolar soni ikkitaga yetdi. Yangi Zelandiya hamda Misr hisobida esa bittadan ochko mavjud.

Ma'lumot uchun, G guruhining yana bir bahsida Yangi Zelandiya va Misr milliy jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Belgiya Yangi Zelandiyaga, Eron esa Misrga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar