Live
1
O'zbek

«Tottenhem» «Manchester Yunayted» nishonidagi futbolchi uchun 70 mln yevro taklif qiladi

Futbol
21 iyun, 16:30
London klubi Mateush Fernandesh transferi uchun kurashga qo‘shildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Tottenhem» «Manchester Yunayted» nishonidagi futbolchi uchun 70 mln yevro taklif qiladi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» «Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat boshladi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, londonliklar 21 yoshli futbolchi transferi uchun «Vest Hem»ga 70 million yevrolik taklif tayyorlamoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Fernandeshga «Manchester Yunayted» va Madridning «Real» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shu sababli futbolchi uchun kurash yozgi transfer oynasining qiziqarli voqealaridan biriga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mateush Fernandesh o‘tgan mavsum «Vest Hem» safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali portugaliyalik yarimhimoyachining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Vest Hem Vest Hem
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar