Bugun
17
O'zbek

Saa "MYu" qaysi futbolchini sotib olishi kerakligini aytdi

Futbol
20 iyun, 15:01
Fransiyalik futbolchi mankunianliklar uchun ideal variantga to'xtaldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Saa "MYu" qaysi futbolchini sotib olishi kerakligini aytdi
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Lui Saa qaysi futbolchi mankunianliklarni sezilarli darajada kuchaytirishi mumkinligini aytdi.

"Bredli Barkolya "Manchester Yunayted" uchun ideal xarid bo'lardi. Uning xarakteri kuchayganini payqadim. U ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, unda o'ziga ishonch va tajriba bor. U juda yosh va kuchga to'la. Zaxiradan maydonga tushib, darhol jamoaga foyda keltirishni boshlash oson emas, lekin u to'pni olib yurishni, raqibni aldab o'tishni va ajoyib kooridnatsiyani namoyish etishni biladi.

Undagi muvozanat deyarli Deziré Duenikiga o'xshaydi. Due juda iqtidorli va bir o'yinda 15 km yugurishi mumkin. Barkolyada to'g'ri muvozanat bor va u ajoyib yugurishlarni amalga oshiradi. Menimcha, u Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa uchun ajoyib o'yinchi. U doimo foyda keltiradigan o'yinchilardan", — deya Saaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Tribal Football.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar