Bugun
17
O'zbek

«Tottenhem» Tonali uchun kurashni davom ettirmoqda

Futbol
20 iyun, 16:12
London klubi ilk taklifi rad etilganiga qaramay, muzokaralarni to‘xtatgani yo‘q.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Tottenhem» Tonali uchun kurashni davom ettirmoqda
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, «Tottenhem» uch kun avval «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali uchun rasmiy taklif yuborgan.

Biroq «shporlar» tomonidan taklif qilingan 75 million funt sterling darhol rad etilgan.

Manba ta’kidlashicha, «Tottenhem» rahbariyati bu summa transferni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasligini oldindan bilgan va taklif muzokaralarni boshlash rejasining bir qismi bo‘lgan.

Shundan buyon tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va London klubi transferni yakunlash niyatidan voz kechgani yo‘q.

Qayd etilishicha, «Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Tonalini jamoasida ko‘rishni istamoqda va ushbu transferni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Hozircha «Nyukasl» futbolchini qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘qmi, bu borada aniq qaror yo‘q, biroq «Tottenhem» bosimni kuchaytirishda davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar