Live
1
O'zbek

"Nyukasl" Voltemadeni sotishga tayyor

Futbol
20 iyun, 15:31
O'tgan yozda ingliz klubi Nikni 75 million yevro evaziga sotib olgandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Nyukasl" Voltemadeni sotishga tayyor
Фото: Getty Images

"Nyukasl" klubi germaniyalik hujumchi Nik Voltemade bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqida jurnalist Mark Brus xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yozgi transfer vaqtida 24 yoshli hujumchi katta ehtimol bilan "qarg'alari"ni tark etadi.

Unga Dortmundning "Borussiya", "Atletiko" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, "Nyukasl" Nik bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Voltemadening sotuvdan taxminan 65 million yevro ishlamoqchi. Biroq qiziqish bildirmoqchi bo'lgan jamoalar Voltemadeni sotish olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

O'tgan yozda ingliz klubi Nikni 75 million yevro evaziga sotib olgandi. Bu vaqt davomida futbolchi 51 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar