Live
1
O'zbek

Mbappe: «Messi albatta gol urishini bilardim»

Futbol
21 iyun, 16:24
Fransiyalik hujumchi Lionel Messi va o‘zining rekord sari intilishi haqida gapirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mbappe: «Messi albatta gol urishini bilardim»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Lionel Messining o‘yinlari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Fabrizio Romano keltirgan ma'lumotga ko‘ra, Mbappe argentinalik yulduzning doim xavfli ekanini ta'kidlagan.

«Lionel Messi gol urishini bilardim. U har doim gol uradi.

Jamoamning imkon qadar uzoqqa borishiga yordam berish uchun gol urishda davom etaman.

Albatta, gol urganim sayin rekordga ham yaqinlashib boraman», — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe JCH–2026 guruh bosqichi 1-turida Senegalga qarshi bahsda dubl qayd etib, mundiallardagi gollari sonini 14 taga yetkazgandi.

Shuningdek, Lionel Messi Jazoirga qarshi o‘yinda het-trik rasmiylashtirib, jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazgan.

Ma'lumot uchun, JCH–2026 guruh bosqichi bahslari 27 iyunga qadar davom etadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi hamda uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi jamoa yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar