Live
3
O'zbek

Mourinio «Real» forvardi transferiga taqiq qo‘ydi — Marca

Futbol
20 iyun, 09:08
Madridliklar bosh murabbiyi klubning hujumchi Gonsalo Garsiya transferi bo‘yicha rejalariga to‘sqinlik qilmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Mourinio «Real» forvardi transferiga taqiq qo‘ydi — Marca
Foto: Getty Images

Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio klubning hujumchi Gonsalo Garsiya transferi bo‘yicha rejalariga to‘sqinlik qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» rahbariyatiga hozir 22 yoshli futbolchini sotish uchun qulay fursat emasligini ma’lum qilgan.

Mourinio ispaniyalik futbolchini o‘z jamoasi uchun salohiyatga ega va qiziqarli nomzod sifatida ko‘rmoqda. Portugaliyalik forvardning harakatlarini mavsumoldi yig‘inlarida kuzatishni va unga asosiy jamoada imkoniyat berishni niyat qilgan.

Foto: Gettyimages

2025/2026-yilgi mavsumda Gonsalo Garsiya madridliklar asosiy jamoasi tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Undan avval Garsiya «Real Madrid Kastilya» safida 2024/2025-yilgi mavsumda 73 o‘yinda 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Bugungi yangiliklar