Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
«Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi Kazemiro «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolaydi.
Insayderning yozishicha, tomonlar shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Ta’kidlanishicha, klub va futbolchi zarur hujjatlarni imzolashsa bo‘ldi. Aytishlaricha, Kazemiro Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p tepish variantiga qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yanvar oyida 34 yoshli braziliyalik 2025/26-yilgi mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini e’lon qilgandi.
Ma’lumot uchun, Kazemiro «MYU»ga 2022 yil «Real» safidan kelib qo‘shilgan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Portu» va «San-Paulu» klublari sharafini himoya qilgan.