Live
6
O'zbek

Vinisius Rafinyani jarohatiga munosabat bildirdi

Futbol
20 iyun, 07:01
Braziliyalik vinger jahon chempionati 2-turi doirasidagi bahsdan keyin jamoadoshining holati haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Vinisius Rafinyani jarohatiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi a’zosi Vinisius Junior hamyurti Rafinyaning JCH-2026 guruh bosqichi 2-tur doirasida Hayitiga qarshi bahsda olgan jarohatiga haqida gapirib o‘tdi.

O‘yinning 40-daqiqasida Rafinya jarohat tufayli zaxiraga olingandi. Bu holatdan sal avval futbolchi maydonga o‘tirib oldi va shifokorlar unga yordam ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi.

«Jarohat olish har doim ham oson emas. Bu mavsum jarohatlar bilan bog‘liq muammolar uni ayniqsa qiynadi. Umid qilamanki, jiddiy hech nima yo‘q. U biz uchun muhim futbolchi», - deya Vinisius so‘zlaridan iqtibos keltirdi Diario AS.

Ma’lumot uchun, ortda qolgan ikki tur natijalariga ko‘ra Braziliya milliy jamoasi C guruhida birinchi o‘rinni band etib turibdi. Guruh bosqichining oxirgi turida Karlo Anchelotti shogirdlari 25-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar