Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Endrik Hayitiga qarshi debyut o‘yinidan keyin ishqibozlarga murojaat qildi. Guruh bosqichi 2-tur o‘yini AQSHning Filadelfiya shtatida bo‘lib o‘tdi va braziliyaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Milliy jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun Braziliyadan AQSHgacha yo‘l bosib kelgan braziliyalik muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu jamoada faqatgina kurashishni, o‘ynashni va jamoaga yordam berishni xohlaydigan yigitlar o‘ynashi kerak. Men o‘zimga beriladigan imkoniyatdan foydalanishga tayyor bo‘lish uchun har kuni astoydil mehnat qilaman. Milliy jamoada doim qilgan ishimni davom ettirishni istayman — har bir o‘yinda xuddi u oxirgisidek o‘ynayman», — deya Endrik so‘zlarini keltirdi Lincoln Financial Field.