Live
3
O'zbek

«Doim birdammiz!» Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi sheriklari bilan tushgan suratni sahifasida e’lon qildi

Futbol
20 iyun, 09:36
Portugaliyalik forvard o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jamoadoshlari bilan tushgan suratni chop etdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Doim birdammiz!» Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi sheriklari bilan tushgan suratni sahifasida e’lon qildi
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi va yetakchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan tushgan surat bilan bo‘lishdi. Surat ostiga u shunday izoh qoldirdi: «Doim birdammiz!».

Foto: Portugaliya futbol federatsiyasi

Avvalroq, Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachilari Brunu Fernandesh, Joau Nevesh va boshqalarning sahifalariga norozi muxlislar «hujum» qilgani haqida xabar bergandik. Ko‘plab muxlislar yarimhimoyachilarga Ronalduni hurmat qilishni va unga to‘pni ko‘proq oshirishni aytib, turli izohlar qoldirishgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu faoliyatidagi oltinchi mundialda ishtirok etmoqda.

JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. 11 iyun kuni start olgan turnir finali 19 iyul sanasiga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar