Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bukayo Sakaning JCH-2026 guruh bosqichidagi Ganaga qarshi uchrashuvni ham zaxira o‘rindig‘ida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.
Inglizlar ilk turda Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etgan bahsda Saka ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, Markus Reshfordning goliga assist qayd etgandi.
Shunga qaramay, murabbiylar shtabi «Arsenal» futbolchisining o‘yin daqiqalarini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilmoqda. Bunga uning pay qismidagi muammolar sabab bo‘lmoqda.
«Bukayo tayyor va tobora yaxshilanib bormoqda. Menimcha, guruh bosqichining so‘nggi o‘yiniga kelib u to‘liq tayyor bo‘ladi», - deya Tuxelning so'zlarini keltirdi Goal nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saka o‘tgan mavsum yakunida «Arsenal»ning Premyer-liga chempionligi uchun kurashida og‘riqlar bilan o‘ynagan. Biroq Tuxel futbolchini mundialning hal qiluvchi bosqichlari uchun asrab-avaylashni maqsad qilgan.
Shu bois Ganaga qarshi o‘yinda o‘ng qanotda yana Noni Madueke asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.