Chilining «Universidad de Chili» bosh murabbiyi Fernando Gago yurak bilan bog'liq muammo sababli shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, unda yurak hurujidan alomatlar kuzatilgan va shifokorlar zudlik bilan tibbiy muolajalarni boshlagan.
Klub rasmiy bayonotiga ko'ra, argentinalik 40 yoshli mutaxassis hozirda barqaror holatda bo'lib, shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. U yaqin kunlarda jamoa mashg'ulotlarida jamoaga yordam bera olmaydi.
Ma'lumot uchun, Fernando Gago futbolchilik faoliyati davomida «Real», «Boka Xuniors», «Roma» va «Valensiya» safida to'p tepgan. Argentina milliy jamoasi safida 61 ta o'yinda maydonga tushgan.