JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Turkiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda kulgili holat kuzatildi.
Uchrashuv bosh hakami sifatida salvadorlik Ivan Barton ishlagan. O‘yinning birinchi bo‘limi oxirlarida futbolchilar o‘rtasida kichik janjal yuzaga kelgan va shu paytda turkiyalik himoyachi Merih Demiral tasodifan hakamning qo‘liga tegib ketgan.
Natijada Ivan Bartonning qo‘l soati yerga tushib ketadi.
Shu vaziyatda Paragvay yarimhimoyachisi Matiyas Galarsa yerda yotgan soatni ko‘rib qoladi va uni olib, o‘z qo‘liga taqib oladi.
Qizig‘i, hakam o‘z soatini darhol qaytarib olmagan. Soat faqat ikkinchi bo‘lim davomida egasiga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, aynan Galarsa ushbu uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo‘ldi. U 2-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Paragvayga muhim g‘alaba keltirdi.
Mazkur g‘alaba Paragvayning pley-off yo‘lidagi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi, ammo o‘yindan keyin eng ko‘p muhokama qilingan voqealardan biri aynan Galarsaning hakam soati bilan bog‘liq hazilomuz holat bo‘ldi.