Live
6
O'zbek

Misr bosh murabbiyi Saloh bilan mojaro haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Futbol
21 iyun, 12:27
Husam Hasan jamoa sardori bilan munosabatlari yaxshi ekanini ta’kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Misr bosh murabbiyi Saloh bilan mojaro haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Foto: Getty Images
21.06.2026, 21:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya - : - Misr Misr

Misr bosh murabbiyi Husam Hasan Muhammad Saloh bilan mojaro yuzaga kelgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Bunday mish-mishlar JCH-2026 guruh bosqichida Belgiyaga qarshi uchrashuvdan keyin paydo bo‘lgandi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlangan, Saloh esa 76-daqiqada almashtirilgan edi.

Aynan shu qaror OAV va muxlislar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Chunki Misr sardori uchrashuvning hal qiluvchi pallasida maydonni tark etgan. Qolaversa, jamoaning yagona goliga olib kelgan assist ham aynan Saloh hisobiga yozilgandi.

«Saloh milliy jamoamiz uchun juda muhim futbolchi. Ammo bizdagi 26 nafar futbolchining har biri birdek muhim.

Men har doim barcha futbolchilarga professional munosabatda bo‘laman va hech kimni alohida ajratmayman. Saloh jamoadoshlariga yordam beradi, yuqori intizomga ega va boshqalarga namuna bo‘la oladi», — dedi Hasan.

Murabbiy futbolchining almashtirilishi oddiy futbol qarori bo‘lganini ham ta’kidladi.

«U asosiy tarkibda tushadimi yoki o‘yin davomida almashtiriladimi — bu futbolning bir qismi. Yulduz futbolchilar va jamoalar haqida turli mish-mishlar tarqaladi. Ammo Saloh juda intizomli futbolchi. U hamma bilan birga mashg‘ulot o‘tkazadi va murabbiy qarorlarini birinchilardan bo‘lib qabul qiladi. Men uning kayfiyati faqat ijobiy ekaniga ishonaman», — deya qo‘shimcha qildi Misr bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, Misr JCH-2026 guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 22 iyun kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs misrliklar uchun pley-off yo‘llanmasi masalasida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar