Live
1
O'zbek

Yamal JCHda Pele qayd etgan natijani takrorladi

Futbol
21 iyun, 12:40
Ispaniyalik vunderkind jahon chempionatlari tarixidan joy oldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Yamal JCHda Pele qayd etgan natijani takrorladi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 4 : 0 Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni

Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi Lamin Yamal JCH-2026 guruh bosqichida Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda gol urib, tarixiy natijaga erishdi.

18 yoshli futbolchi 10-daqiqada hisobni ochdi va Opta ma’lumotlariga ko‘ra, jahon chempionatlari tarixida 19 yoshga to‘lmasdan turib mundial o‘yinida hisobni ochgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Bu natijaga undan oldin faqat afsonaviy Pele erishgandi. Braziliyalik yulduz 1958 yilgi jahon chempionatida Uelsga qarshi bahsda 17 yoshida hisobni ochgan edi.

Yamalning goli yana bir tarixiy ko‘rsatkichni keltirib chiqardi. U 18 yosh-u 343 kunligida gol urib, Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempionatlarida gol urgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ispaniya tarixidagi eng yosh mundial to‘purarlari:

Gavi — 18 yosh 110 kun (JCH-2022)
Lamin Yamal — 18 yosh 343 kun (JCH-2026)

Qizig‘i, har ikki futbolchi ham «Barselona»ning mashhur «La Masiya» akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yamal 2023 yilda Ispaniya tarixidagi eng yosh debyutant va eng yosh gol muallifiga aylangan edi. JCH-2026 esa uning faoliyatidagi ilk jahon chempionati bo‘lib turibdi.

18 yoshli iste’dod egasi mundialdagi ilk startidayoq gol urib, Pele bilan bir qatorda tilga olinadigan tarixiy natijaga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar