Lamin Yamal Jahon chempionatida gol urgan eng yosh futbolchilar oʻnligidan oʻrin oldi.
Ispaniya milliy jamoasi vingeri JCH-2026 2-turidan oʻrin olgan Saudiya Arabistoniga (4:0, ikkinchi boʻlim davom etmoqda) qarshi bahsning 10-daqiqasida hisobni ochdi.
18 yosh 343 kunlik boʻlgan Yamal mundiallarda gol urgan eng yosh oʻyinchilar roʻyxatida 8-pogʻonaga joylashdi. "Barselona" futbolchisidan oldinda Pele (Braziliya, 17 yosh 39 kun), Manuel Rosas (Meksika, 18 yosh 93 kun), Gavi (Ispaniya, 18 yosh 110 kun), Ibraima Mbaye (Senegal, 18 yosh 143 kun), Maykl Ouen (Angliya, 18 yosh 190 kun), Nikolae Kovach (Ruminiya, 18 yosh 197 kun) va Dmitriy Sichev (Rossiya, 18 yosh 231 kun) bor.
Yamal - Jahon chempionatlarida gol urgan eng yosh 8-futbolchi (top-10)
Futbol
21 iyun, 13:15
Bu borada rekordchi Pele sanaladi.
Foto: Getty Images
21.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
4
:
0
Saudiya Arabistoni