Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachi Ueston Makkennini «Roma» yarimhimoyachisi Brayan Kristantega almashtirishi mumkin. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, AQSh milliy jamoasi futbolchisi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
26 yoshli Makkenni 2021 yildan buyon Turin klubi safida o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum «zebralar» safida jami 48 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kristante esa o'tgan mavsum «Roma» safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan. Uning rimliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.