Bugun
6
O'zbek

Holand Norvegiya tarixida jahon chempionatlari doirasidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Futbol
22 iyun, 23:40
U ilk mundialidagi ikki o'yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Holand Norvegiya tarixida jahon chempionatlari doirasidagi eng yaxshi to'purarga aylandi
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 3 : 2 Senegal Senegal

Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasidagi Senegalga qarshi o'yin (3:2)da dubl muallifi bo'ldi.

Hozirda 25 yoshli «Manchester Siti» futbolchisi hisobida mundialdagi ikki o'yinda 4 ta gol mavjud. Shu tariqa, u Norvegiya tarixida jahon chempionatlari doirasidagi eng yaxshi to'purarga aylandi va Xietil Rekdalning natijasini (1994 va 1998 yillardagi mundiallarda 7 o'yinda 2 gol) ortda qoldirdi.

Qayd etish lozim, bu musobaqa Norvegiya milliy jamoasi uchun tarixdagi atigi to'rtinchi mundial hisoblanadi. Jamoa ilk bor 1938 yilda musobaqada ishtirok etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar