Bugun
7
O'zbek

JCh-2026. Fransiya — Iroq o‘yinining ikkinchi taymiga 2 soatdan so‘ng start berildi

Futbol
22 iyun, 20:10
Birinchi taym oxirida kuchli yomg‘ir kuzatilgan, tanaffus vaqtida esa chaqmoq xavfi e'lon qilingan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCh-2026. Fransiya — Iroq o‘yinining ikkinchi taymiga 2 soatdan so‘ng start berildi
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 0 Iroq Iroq

Ayni daqiqalarda jahon chempionati I guruhi 2-turi doirasida Fransiya va Iroq milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

O‘yin AQShning Filadelfiya shahridagi «Lincoln Financial Field» stadionida o‘tkazilmoqda. Qizig‘i, bellashuvning ikkinchi taymiga 2 soatdan so‘ng start berildi.

Stadiondan ortiqcha suv chiqarib tashlanganidan so‘ng, hakam Dryu Fisher bahsni davom ettirishga ruxsat berdi. Avvalroq ikkinchi taym dastlab 15 daqiqaga, keyin 1 soatga kechiktirilgani xabar qilingandi. Yakunda esa tanaffus 2 soatga cho‘zildi.

Birinchi taym oxirida kuchli yomg‘ir kuzatilgan, tanaffus vaqtida esa chaqmoq xavfi e'lon qilingani uchun qoidalarga muvofiq futbolchilarning maydonga qaytishi kechiktirildi.

Qayd etish lozim, birinchi taymda yagona golni fransiyaliklar hujumchisi Kilian Mbappe urgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Iroq Iroq
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar