Bugun
6
O'zbek

Desham: "Norvegiyaga qarshi o'yin guruhdagi yakuniy o'rnimizni hal qiladi"

Futbol
23 iyun, 00:10
Fransiya bosh murabbiyi Iroqqa qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Desham: "Norvegiyaga qarshi o'yin guruhdagi yakuniy o'rnimizni hal qiladi"
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 0 Iroq Iroq

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didie Desham jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasidagi Iroqqa qarshi bahs (3:0)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Ikkinchi taymda biz vaziyatni to'liq nazorat qildik. Garchi bu oson bo'lmagan bo'lsa-da, buni uddalay oldik. Lekin yakuniy natija borasida hech kimda shubha yo'q edi va bu juda yaxshi.

Bugun biz pley-offga chiqdik, ammo Norvegiyaga qarshi o'yin guruhdagi yakuniy o'rnimizni hal qiladi», — dedi Desham.

Ma'lumot o'rnida, 2-turdan so'ng Fransiya milliy jamoasi 6 ochko to'plagan holda I guruhida peshqadam bo'lib turibdi. Shuningdek, Norvegiya hisobida ham aynan shuncha ochko mavjud.

Senegal va Iroq esa hali guruh bosqichida ochko jamg'ara olmadi va mos ravishda 3 hamda 4-pog'onalarni band etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Iroq Iroq
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar