2026 yildagi jahon chempionati I guruhida 2-tur bahslari start oldi.
Guruhdagi ilk uchrashuvda Fransiya milliy jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Yevropaliklar safida gollarga Mbappe (dubl) va Dembele mualliflik qildi.
Qayd etish lozim, bellashuv deyarli 4 soat davom etdi. Birinchi taymdan so'ng kuchli yomg'ir kuzatilgani sabab ikkinchi bo'limga oradan 2 soat o'tib start berildi.
JCH-2026. I guruhi. 2-tur
23 iyun. Filadelfiya. «Lincoln Financial Field»
Fransiya — Iroq 3:0
Gollar: Mbappe 14, 54 (dubl), Dembele 66.
Fransiya — Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Din, Kone, Rabiot, Olise, Dembele, Barkola, Mbappe.
Iroq — Basil, Ali, Tahsin, Hoshim, Doski, Al Ammari, Ismoil, Bayish, Iqbol, Qosim, Husayn.