Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Lukas Din jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Iroqqa (3:0) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu biz uchun yana bir qadam oldinga. Nima uchun bu yerga kelganimizni yaxshi bilamiz: o'yindan o'yinga o'sishda davom etamiz va o'zimizni yanada takomillashtiramiz. 3:0 hisobida g'alaba qozondik va darvozamizni daxlsiz saqladik. Bu haqiqiy ideal oqshom bo'ldi. O'zimni yaxshi his qildim, jamoadoshlarim bilan bir-birimizni yaxshi tushunamiz", — deydi futbolchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fransiya milliy jamoasi 6 ochko jamg'arib, I guruhda peshqadam bo'lib turibdi va muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi. Iroq esa 0 ochko bilan so'nggi o'rinda qolmoqda.