Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Iroqqa qarshi o‘yin (3:0)dan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
27 yoshli forvard bellashuvda dubl qayd etdi va jamoasining pley-offga yo‘l olishida katta hissa qo‘shdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2-turdan so‘ng Fransiya milliy jamoasi 6 ochko to‘plagan holda I guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Shuningdek, Norvegiya hisobida ham aynan shuncha ochko mavjud.
Senegal va Iroq esa hali guruh bosqichida ochko jamg‘ara olmadi va mos ravishda 3 hamda 4-pog‘onalarni band etgan.