Xulian Alvares 2026 yildagi Jahon chempionati doirasidagi Avstriyaga (2:0) qarshi o'yindan keyin bergan intervyusida "Atletiko"ni tark etish istagini bildirdi.
— Chempionatdan keyin kelajagingizga oydinlik kiritiladimi?
— Rostini aytsam, bilmayman. Hozir bu haqida gapirish vaqti emas. Lekin men bu mavzudan qochmoqchi ham emasman, javob berishdan ham bosh tortmayman.
Har doim ochiq va to'g'risöz inson bo'lishga harakat qilaman. Klubdagi kerakli odamlar bilan bu masala yuzasidan allaqachon samimiy suhbatlashdim.
— Demak, ketishim mumkin, deb o'ylaysizmi?
— Nima bo'lishini bilmayman. Ammo, menimcha, transfer hamma uchun eng yaxshi yechim bo'ladi. O'z orzumni ro'yobga chiqarmoqchiman, — deydi argentinalik forvard.
"Transfer hamma uchun eng yaxshi yechim bo'ladi" — Alvares "Atletiko"ni tark etmoqchiligini ma'lum qildi
Futbol
22 iyun, 18:00
Argentinalik hujumchi o'z orzusini ro'yobga chiqarishni aytdi.
Foto: Getty Images