Bugun
6
O'zbek

Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan birinchi to'liq mashg'ulotini o'tkazdi

Futbol
22 iyun, 14:20
Rafinya esa qatnashmadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan birinchi to'liq mashg'ulotini o'tkazdi
Foto: Getty Images
24.06.2026, 18:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Shotlandiya Shotlandiya - : - Braziliya Braziliya

Neymar JCH-2026 guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Shotlandiyaga qarshi o'yin oldidan Braziliya milliy jamoasi bilan ilk bor to'liq mashg'ulot o'tkazdi.

«Santos»ning 34 yoshli hujumchisi jarohati sabab may oyining o'rtalaridan beri maydonga tushmayotgandi. U Braziliyaning mundial uchun yakuniy qaydnomasi kirilgan bo'lsa-da, turnirdagi dastlabki ikki o'yin — Marokash (1:1) va Haiti (3:0) bilan bahslarni o'tkazib yubordi.

Mashg'ulotda «Barselona» vingeri Rafinya qatnashmadi. U o'ng son mushaklaridan jarohat olgan. Gaitiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilardan faqat Alisson Beker, Lukas Paketa va Vinisius Junior maydonda mashg'ulot o'tkazdi. Qolganlar esa sportzalda tiklanish mashqlari bilan shug'ullanishdi.

Neymar esa jamoa mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etdi. Bunga qadar u faqat qizish mashqlarining bir qismida yoki umumiy guruhdan alohida to'p bilan ishlagandi.

Avvalroq Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni Shotlandiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligini aytgandi.

Bellashuv 25 iyun kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar