Bugun
6
O'zbek

Iroq ustozı: «Fransiyaga qarshi uch darvozabon bilan tushmoqchi edik. Ruxsat berishmadi»

Futbol
22 iyun, 13:05
Grem Arnold JCh-2026 2-turidagi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Iroq ustozı: «Fransiyaga qarshi uch darvozabon bilan tushmoqchi edik. Ruxsat berishmadi»
Foto: Getty Images
22.06.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Iroq Iroq

Iroq milliy jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold JCh-2026 2-turidan o‘rin olgan Fransiyaga qarshi o‘yin haqida hazil qildi.

«Men har doim maydonga yutqazmaslik uchun emas, balki g‘alaba qozonish uchun chiqadigan murabbiy bo‘lganman. Bunday ruhiyat bilan ba'zan ishlar o‘xshamay qolishi mumkin, ammo o‘xshaydigan kunlar undan ham ko‘p bo‘ladi.

Uch nafar darvozabon bilan o‘ynash mumkinmi, deb so‘radim. Yo‘q, deb javob berishdi.

Qarang, raqibning tarkibida ajoyib futbolchilar bor va ularga qarshi o‘ynash — biz uchun sharaf.

Biz maydonga o‘z o‘yinimizga e'tibor qaratgan holda chiqamiz. Fransiyaning qanday o‘ynashini nazorat qila olmaymiz, ammo o‘z o‘yinimizni nazorat qila olamiz. Futbolchilar maydonga chiqib, o‘z imkoniyatlarini butun dunyoga namoyon etishlari uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz»
, — deya 62 yoshli avstraliyalikning so‘zlarini keltiradi Reuters.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Iroq Iroq
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar