Live
1
O'zbek

De Zerbi «Tottenhem» rahbariyati bilan muhim uchrashuv o‘tkazadi

Futbol
22 iyun, 11:00
Italiyalik mutaxassis transferlar va jamoa kelajagini muhokama qilmoqchi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De Zerbi «Tottenhem» rahbariyati bilan muhim uchrashuv o‘tkazadi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi klub rahbariyati bilan muhim suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Jeyms Devisning xabar berishicha, italiyalik mutaxassis 22 iyun kuni klub rahbarlari bilan bog‘lanib, bir qator muhim masalalarni muhokama qiladi. Jumladan, murabbiyning talab va istaklari hamda transfer bozori bilan bog‘liq rejalar suhbatning asosiy mavzularidan biri bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, muloqot kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, De Zerbi o‘tgan bahorda «Tottenhem» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida londonliklar Angliya Premyer-ligasida qolishni uddaladi va mavsumni 17-o‘rinda yakunladi.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem» o‘tgan mavsum yakunida xavfli hududdan atigi ikki ochko ustunlik bilan qutulib qolgan. Shu bois klub yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar