Live
1
O'zbek

Shlotterbek Jahon chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yuboradi

Futbol
22 iyun, 09:30
Germaniya milliy jamoasi himoyachisi ikki oygacha safdan chiqdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Shlotterbek Jahon chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
20.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Germaniya Germaniya 2 : 1 Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar

Germaniya milliy jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek jiddiy jarohat oldi.

Sky Sport xabariga ko‘ra, futbolchi MRT tekshiruvlaridan so‘ng to‘piq bo‘g‘imining medial kollateral bog‘lami uzilgani aniqlangan. Shu sababli u taxminan ikki oy davomida maydonga tusha olmaydi.

Shlotterbek jarohatni Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan Kot-d’Ivuar milliy jamoasiga qarshi bahsning birinchi bo‘limida olgan. Himoyachi tanaffus vaqtida almashtirilgan edi.

Mazkur jarohat sabab futbolchi mundialning qolgan o‘yinlarida Germaniya milliy jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Germaniya milliy jamoasi Jahon chempionatining dastlabki ikki turida muvaffaqiyatli ishtirok etib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilishga yaqin turibdi. Shlotterbek esa jamoaning asosiy markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar