Live
1
O'zbek

Reshford maoshini kamaytirishga tayyor, ammo «Tottenhem»ga o‘tishi noma’lum

Futbol
22 iyun, 10:00
London klubi ingliz hujumchisini yozgi transferlar uchun ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Reshford maoshini kamaytirishga tayyor, ammo «Tottenhem»ga o‘tishi noma’lum
Foto: Getty Images

«Tottenhem» Angliya milliy jamoasi hujumchisi Markus Reshford transferini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

The Paper nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi London klubining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Potensial transfer tashabbuskori sifatida «Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi ko‘rsatilmoqda. Italiyalik mutaxassis hujumchining o‘yin sifatlarini yuqori baholamoqda.

Biroq «shporlar» Reshford uchun belgilangan 46,8 million yevrolik tovon pulini to‘lashga tayyor emas. Klub futbolchini arzonroq narxda qo‘lga kiritish variantlari ustida ishlamoqda.

Manbaga ko‘ra, Reshford transfer amalga oshishi uchun maosh borasidagi talablarini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor. Shunga qaramay, futbolchining asosiy istagi faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirish bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford o‘tgan mavsumni ijara asosida «Barselona» safida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar