Live
1
O'zbek

Mareska «Manchester Siti» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi - Manba

Futbol
22 iyun, 10:40
«Chelsi» va «shaharliklar» o‘rtasidagi mojaro hal etildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mareska «Manchester Siti» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi - Manba
Foto: Getty Images

Enso Mareska yaqin soatlar ichida «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, italiyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Marreska buning uchun yaqin vaqt ichida Manchesterga yo‘l oladi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Chelsi» murabbiyning ketishi bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kompensatsiya miqdori 20 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq London klubi Marreskani amaldagi shartnoma shartlarini buzganlikda ayblagandi. «Chelsi» rahbariyati murabbiy hali klubda ishlayotgan paytda boshqa jamoalar bilan muzokara olib borganini ta’kidlagan.

Shuningdek, «Chelsi» mutasaddilari mutaxassisning ketishi jamoa natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga ishonmoqda. Londonliklar mavsumni APLda 10-o‘rinda yakunlab, yevrokuboklar yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Ma’lumot uchun, Enso Marreska 2024 yil iyunidan 2026 yil yanvarigacha «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Italiyalik mutaxassis avvalroq «Manchester Siti» murabbiylar shtabida ham ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar